Konsolidator va avia agentliklar uchun

Blok chiptalar hisobi — bir joyda

AviaHisob reyslar, agentlar, to'lovlar, kassa va foydani bitta tizimda yuritadi. Raqamlar har bir yozuvdan o'zi hisoblanadi, xatolar darhol ko'rinadi.

Google Sheetsma'lumot o'zingizda
4 xil rollogin va parol bilan
Telefon va PCistalgan joydan
AviaHisob umumiy holat sahifasi: kassa, qarzlar, yalpi va sof foyda

Tanish holatmi?

Blok reyslar ko'paygan sari Excel va daftardagi hisob chalkashib boradi.

!Kim qancha qarz — aniq emas

To'lovlar turli kartalar, naqd va kuryerlar orqali keladi. Agent bilan akt sverka qilish soatlab vaqt oladi.

!Formulalar buziladi

Bitta qator xato kiritilsa, jami sotuv, joylar va foyda noto'g'ri chiqadi — buni hech kim sezmaydi.

!Foyda faqat oy oxirida ma'lum

Qaysi reys zararda, kassada qancha erkin pul borligi kech bilinadi.

AviaHisob nima qiladi

Hammasi bitta oynada — kompyuterda ham, telefonda ham.

01

Har bir reys — kaftingizda

Joylar, kimga nechta va qanchadan sotilgani, kim to'ladi, kim qarz.

  • Bo'sh joylar va zarardagi reyslar ajralib turadi
  • Aviakompaniyaga to'lovlar reys bo'yicha
  • Narxni bir bosishda tahrirlash, tannarxdan past narxga ogohlantirish
Reys sahifasi: joylar, sotuv, agentlar hisobi
02

Sotuv va to'lov — 10 soniyada

Xodim formani to'ldiradi, yozuv to'g'ridan-to'g'ri jadvalingizga tushadi. Formulalar buzilmaydi.

  • Ikki xodim bir vaqtda yozsa ham to'qnashmaydi
  • Har bir yozuv jurnalga tushadi: kim, qachon, nima
  • Joydan ortiq sotuvga yo'l qo'ymaydi
Sotuv kiritish formasi
03

Kassada har bir dollar hisobda

Kunlik kirim-chiqim, qoldiq grafigi, kategoriyalar bo'yicha pul oqimi.

  • Depozitsiz "erkin pul" alohida
  • Ta'sischiga berilgan pul ko'rinib turadi
  • Naqd pulni sanab, hisob bilan solishtirish
Kassa sahifasi: qoldiq, kirim, chiqim
04

Akt sverka — bir tugmada

Har bir agent va aviakompaniya bilan: sotuv, to'lov va qoldiq sana bo'yicha.

  • Davr bo'yicha boshlang'ich qoldiq bilan
  • Yuborilgan va A/K kassasiga tushgan pul farqi
  • Nusxa olib, Telegram yoki Excel'ga yuborish
Agent bilan solishtirma dalolatnoma
05

Foydani oldindan biling

Seriya oxirigacha kutilayotgan foyda: narx va to'lish foizini o'zgartiring — natija darhol qayta hisoblanadi.

  • Optimistik, asosiy va pessimistik ssenariylar
  • Har bir narx uchun zararsizlik foizi
  • Oylar va reys turlari bo'yicha
Kutilayotgan foyda hisoboti
06

Xatolarni o'zi topadi

Narxsiz chipta, joydan ko'p sotuv, noma'lum reys raqami, kategoriyasiz kassa yozuvi — hammasi ro'yxatda.

  • Jadval formulalari bilan farqlarni ko'rsatadi
  • Uchib bo'lgan reyslar bo'yicha kechikkan pullar
Jadval tekshiruvi ro'yxati

73 soniyada tanishib chiqing

Rolikda demo ma'lumotlar ishlatilgan.

Qanday ishlaydi

Yangi dastur o'rganish shart emas — ma'lumot o'zingizga tanish jadvalda qoladi.

Jadvalingiz

Reyslar, sotuvlar va to'lovlar Google Sheets'da turadi. Ma'lumot har doim o'zingizda.

AviaHisob ulanadi

Tizim jadvalni o'qiydi, hisoblaydi, tekshiradi va hisobotlarni tayyorlaydi.

Jamoa ishlaydi

Har bir xodim o'z login-paroli bilan, faqat o'z roli doirasida ishlaydi.

RolKo'radiKirita oladi
AdminHammasiHammasi, foydalanuvchilarni boshqaradi
FinanceFoyda, kassa, hisobotlarSotuv, to'lov, tahrirlash
KassirKassa, to'lovlar, qarzlarYangi kirim va chiqim
SotuvchiReyslar va joylar (tannarxsiz)Yangi sotuv

Ko'p beriladigan savollar

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

O'zingizning Google Sheets jadvalingizda. AviaHisob uni o'qiydi va unga yozadi, alohida bazaga ko'chirmaydi. Istalgan vaqt jadvalni o'zingiz ochib ko'rishingiz mumkin.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Tizim brauzerda ochiladi va telefon ekraniga moslashgan. Hech narsa o'rnatish kerak emas.

Xodimlar nimani ko'radi?

Har bir xodimga rol beriladi. Masalan, sotuvchi tannarx va foydani ko'rmaydi, kassir faqat kassa va to'lovlar bilan ishlaydi. Ruxsatlar server tomonida tekshiriladi.

Umra va boshqa yo'nalishlar uchun ham bo'ladimi?

Tizim blok reyslar (masalan, Farg'ona va Namangan – Jidda) asosida ishlab chiqilgan. Umra kassasi va boshqa yo'nalishlarni qo'shish mumkin — demo vaqtida gaplashamiz.

Ishga tushirish qancha vaqt oladi?

Jadvalingiz tuzilishiga qarab odatda bir necha kun. Biz jadvalni moslab, tizimni o'rnatib, jamoangizga ko'rsatib beramiz.

Hisobingizni tartibga solamiz

Bepul demo: tizimni o'z ma'lumotlaringiz misolida ko'rsatib beramiz.